Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, № 2, 139, 140-moddalar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning quyidagi yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
2-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
3-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
5-modda. Amaldagi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran o‘z faoliyatini ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) a’zolari sonini belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
6-modda. Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash zarurligi munosabati bilan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi uchinchi qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari:Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024-yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari bo‘yicha;Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan esa 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
7-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning davlat hokimiyati mansabdor shaxslarining vakolat muddatlari, saylanish (tayinlanish) tartibi va (yoki) shartlarini o‘zgartiruvchi va (yoki) boshqacha tarzda ta’sir qiluvchi qoidalari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda mazkur lavozimlarni egallab turgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi hamda mazkur shaxslar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda ko‘rsatilgan lavozimlarni egallaganligi va (yoki) egallab kelayotganligining surunkali muddatlari sonidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan teng ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining talablariga, shu jumladan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi talablariga muvofiq mazkur lavozimlarga saylanishga (tayinlanishga) haqlidir.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining o‘ziga nisbatan yangi saylanish shartlari va vakolatlar muddati joriy etilayotgan amaldagi sudyalari o‘z vakolatlarini ular saylangan muddat tugaguniga qadar davom ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakant sudyalik lavozimlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritilishi mumkin.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritsin;Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining bajarilishini, shu jumladan mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalari qayta ko‘rib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
har yili navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashda davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarini bajarish uchun zarur mablag‘lar yo‘naltirilishini nazarda tutsin.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
bir oylik muddatda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining matni qayta nashr etilishini va ko‘p nusxada bosilishini ta’minlasin;Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yetkazish va tushuntirish bo‘yicha kompleks choralarni ikki oylik muddatda ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlasin;Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini har chorakda ko‘rib borsin.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi odil sudlovni amalga oshirishda sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlari tomonidan ishlarni ko‘rib chiqishning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash yuzasidan yagona sud amaliyoti to‘g‘risidagi Oliy sud Plenumi qarorini uch oylik muddatda qabul qilsin.Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглаш
O‘RQ-837-son